Asosiy matnga o'tish

Kiberxavfsizlik pre-audit

Rasmiy tekshiruvdan oldin —teshiklarni yopamiz

Veb-sayt, portal yoki mobil ilovangizni ekspertizaga tayyorlaymiz: zaifliklarni topamiz, tuzatamiz va qayta tekshiramiz.

9:41

Tayyorlik hisoboti

15/15

yopildi

Qayta skan: o'tdi

Veb-sayt

6/6

Mobil ilova

9/9

Root / jailbreak tekshiruvi yo'q
Sertifikat tekshiruvi xavfsiz emas

Topilgan zaifliklar

15veb 6 · mobil 9

Xavflilik darajasi

  • Yuqori 7
  • O'rta 1
  • Past 1

Mobil ilova

Top-3 xavf

  • YuqoriRoot / jailbreak tekshiruvi yo'q
  • YuqoriSertifikat tekshiruvi xavfsiz emas
  • YuqoriDinamik tahlildan himoya yo'q

Yopilgan topilmalar

15qayta tekshirildi

Ekspertiza bilan bir tilda: tayanadigan standartlarimiz

  • OWASP Top 10
  • OWASP ASVS
  • OWASP MASVS
  • MASTG
  • MASWE
  • Mobile Top 10
  • CWE

Nimani tekshiramiz

Ekspertizaga boradigan hamma narsani

Nega Sipar

Biz bu yo'ldan o'zimiz o'tganmiz

O'z mahsulotlarimizni shu jarayon bilan ekspertizaga tayyorlaganmiz. Endi shu tajribani sizning loyihangizga qo'llaymiz.

AI agent + inson

Claude AI agenti kod, konfiguratsiya va serverni tez ko'rib chiqadi. Har bir topilmani mutaxassis tekshiradi va tasdiqlaydi.

OWASP va MASVS bo'yicha

Veb uchun OWASP Top 10 va ASVS, mobil uchun MASVS, MASTG va MASWE. Ekspertiza ham shu standartlarga tayanadi.

Tuzatishni o'zimiz qilamiz

Faqat hisobot bermaymiz: patch, PR yoki jamoangiz uchun aniq yo'riqnoma tayyorlaymiz.

Qayta tekshiruv kiritilgan

Tuzatishlardan keyin hammasini qaytadan tekshiramiz. Yopilganini isbotlaydigan natija qoladi.

Maxfiylik va NDA

NDA imzolaymiz, kodga faqat o'qish huquqi bilan kiramiz. Ma'lumotlaringiz loyihadan tashqariga chiqmaydi.

Mobil ilovani chuqur bilamiz

Root va emulyator aniqlash, sertifikat pinning, obfuskatsiya, APK/IPA nazorat qiymatlari — bularni amalda yopganmiz.

Jarayon

Besh bosqich: tekshir, top, yop, muhrla

Batafsil
  1. 01

    Ariza va NDA

    Mahsulot, muddat va ekspertiza talablarini aniqlaymiz. NDA imzolanadi.

  2. 02

    Avtomatik va AI-skan

    Kod, konfiguratsiya, dependencies, headerlar va server sozlamalari tekshiriladi.

  3. 03

    Qo'lda tekshiruv

    Biznes-mantiq, avtorizatsiya, IDOR, fayl yuklash — skaner topa olmaydigan joylar.

  4. 04

    Tuzatish

    Patch, PR yoki jamoangizga bosqichma-bosqich yo'riqnoma.

  5. 05

    Qayta skan va hisobot

    Hammasi qayta tekshiriladi, tayyorlik hisoboti topshiriladi.

Hisobotda nima bo'ladi

Tekshiruv uchun kerak bo'lgan hamma narsa — bir joyda

Har bir topilma dalil, xavflilik darajasi, tuzatish va qayta tekshiruv natijasi bilan keladi.

AI

AI agent + mutaxassis

Claude AI agenti kod va serverni tez ko'radi, mutaxassis har bir topilmani tasdiqlaydi.

15/15

Barcha topilmalar yopildi

O'z mahsulotimiz: veb 6 + mobil 9.

Veb-sayt 6Mobil ilova 9

Host header injection topildi

Yuqori · veb-sayt · dalil ilova qilindi

Topilma darhol ko'rinadi

Kritik topilmani hisobot oxirini kutmasdan aytamiz.

Oldin / keyin

MASWE · M7
<!-- AndroidManifest.xml -->- android:allowBackup="true"+ android:allowBackup="false"+ android:dataExtractionRules="@xml/data_extraction_rules"- android:usesCleartextTraffic="true"+ android:networkSecurityConfig="@xml/network_security_config"

Root tekshiruvi joriy etilmagan

Ilova rootlangan qurilmada cheklovsiz ishlaydi: xotira va trafikni tahlil qilish osonlashadi.

Qayta tekshiruv kiritilgan

Tuzatishdan keyin hammasi qaytadan tekshiriladi — yopilganini isbotlaydigan natija qoladi.

Topshirishdan oldin

  • Xavfsizlik headerlari
  • Debug rejim o'chirilgan
  • Ortiqcha portlar yopilgan
  • APK/IPA nazorat qiymatlari
  • Qayta skan o'tdi

Case'lar

Natija gapirsin

Narxlar

Paketlar va narxlar

Ikki yo'nalish: veb va mobil ilova. Faqat skanerlashni yoki skanerlash bilan birga kamchiliklarni bartaraf etishni tanlaysiz. Bartaraf etish narxi topilmalar hajmiga bog'liq va ko'rsatilgan chegaradan oshmaydi.

Veb skanerlash

Veb-sayt, portal yoki API

5 mln so'm

qat'iy narx

  • Avtomatik va AI-skan
  • Mutaxassisning qo'lda tekshiruvi
  • OWASP Top 10, server va sarlavhalar sozlamalari

Veb skanerlash + bartaraf etish

Ko'p tanlanadi

Topilgan kamchiliklarni o'zimiz yopamiz

50 mln so'mgacha

topilmalar hajmiga qarab

  • Veb skanerlashdagi hamma narsa
  • Tuzatishlarni biz qilamiz (patch/PR)
  • Server va portlarni qattiqlashtirish

Ilova skanerlash

Android (APK) yoki iOS (IPA) ilova

2 mln so'm

qat'iy narx

  • MASVS bo'yicha statik va dinamik tahlil
  • Root/jailbreak, SSL pinning, obfuskatsiya
  • Maxfiy ma'lumotlarni saqlash va trafik

Ilova skanerlash + bartaraf etish

Topilgan kamchiliklarni o'zimiz yopamiz

15 mln so'mgacha

topilmalar hajmiga qarab

  • Ilova skanerlashdagi hamma narsa
  • Tuzatishlarni biz qilamiz
  • RASP: root, emulyator va Frida'ga qarshi himoya

Blog

Ekspertizaga tayyorgarlik bo'yicha amaliy maqolalar

Barcha maqolalar

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Sertifikat berasizmi?

Yo'q. Sertifikat va xulosani faqat vakolatli ekspertiza tashkiloti beradi. Biz mahsulotingizni shu tekshiruvga tayyorlaymiz: zaifliklarni topamiz, yopamiz va qayta tekshiramiz.

Kodimiz xavfsizmi?

NDA imzolaymiz va faqat o'qish huquqi bilan ishlaymiz. Kirish ish tugashi bilan yopiladi, ma'lumotlar loyihadan tashqariga chiqmaydi.

Qancha vaqt oladi?

Mahsulot hajmiga bog'liq. Ariza bo'yicha aniq muddatni aytamiz va uni ekspertiza sanangizga moslab rejalashtiramiz.

Agar baribir tekshiruvdan o'tmasa-chi?

Ekspertiza xulosasini birga ko'rib chiqamiz, qolgan topilmalarni yopamiz va qayta topshirishga tayyorlaymiz. 100% kafolat bermaymiz, lekin oxirigacha birga bo'lamiz.

AI kodimizni o'zgartirib yuboradimi?

Yo'q. AI agent tahlilni tezlashtiradi, xolos. Har bir topilmani va har bir tuzatishni mutaxassis tekshiradi va tasdiqlaydi.

Mobil ilovani manba kodisiz tekshirasizmi?

Ha, APK va IPA fayllari bo'yicha ham tekshiramiz. Lekin tuzatishni tezroq qilish uchun manba kodga kirish foydali bo'ladi.

Ekspertizaga yuborishdan oldin bizga ko'rsating

Ariza qoldiring: mahsulotingizni skanerlaymiz, qayerda xavf borligini va uni yopish uchun nima kerakligini aniq ko'rsatamiz.

Skanerlashga ariza